# Gemini Rasm API — qo'llanma

Matnli tavsifdan rasm yaratuvchi va rasmlarni tahlil qiluvchi HTTP API. Rasmlar Google obunasi orqali Antigravity CLI (`agy`, Gemini) yordamida yaratiladi.

**Asosiy manzil:** `https://geminiimage.servergo.uz`

- Bitta rasm **40–90 soniyada** tayyor bo'ladi.
- Bir vaqtda **2 tagacha** rasm yaratiladi, qolganlari navbatda turadi.
- Navbatda ko'pi bilan **20 ta** so'rov turishi mumkin.

---

## Mundarija

1. [Avtorizatsiya](#1-avtorizatsiya)
2. [Rasm yaratish](#2-rasm-yaratish)
3. [Rasm tahlili](#3-rasm-tahlili)
4. [Javob formati](#4-javob-formati)
5. [Boshqa endpointlar](#5-boshqa-endpointlar)
6. [Xato kodlari](#6-xato-kodlari)
7. [Misollar](#7-misollar)
8. [Eslatmalar](#8-eslatmalar)

---

## 1. Avtorizatsiya

Saytga parol bilan kiring va **«API tokenlar»** bo'limida token yarating. Token faqat bir marta ko'rsatiladi — darhol nusxalab oling.

Har bir so'rovda tokenni sarlavhada yuboring (ikkalasidan biri):

```http
X-API-Key: gem_...
```

```http
Authorization: Bearer gem_...
```

Token noto'g'ri yoki o'chirilgan bo'lsa, server `401` qaytaradi.

> Tokenlarni faqat parol bilan kirgan odam yarata va o'chira oladi. Token bilan yangi token yaratib bo'lmaydi.

---

## 2. Rasm yaratish

```http
POST /api/generate
Content-Type: application/json
```

### So'rov tanasi

| Maydon   | Turi          | Majburiy | Izoh |
|----------|---------------|----------|------|
| `prompt` | matn, 1–4000  | ha       | Rasm tavsifi. Istalgan tilda yozish mumkin. |
| `aspect` | matn          | yo'q     | `auto` (standart), `square`, `portrait`, `landscape` |
| `images` | ro'yxat, 0–4  | yo'q     | Namuna rasmlar: base64 yoki `data:image/png;base64,...`. PNG, JPEG, WEBP, GIF, har biri 10 MB gacha |

```json
{
  "prompt": "tog'lar orasidagi ko'l, quyosh botishi, akvarel uslubida",
  "aspect": "landscape"
}
```

### a) Kutib turish rejimi — eng oddiy

URL'ga `?wait=true` qo'shilsa, javob rasm tayyor bo'lgandan keyin keladi. So'rov 1–2 daqiqagacha davom etishi mumkin, shuning uchun mijozdagi timeout kamida **6 daqiqa** bo'lsin.

```bash
curl -X POST "https://geminiimage.servergo.uz/api/generate?wait=true" \
  -H "X-API-Key: gem_..." \
  -H "Content-Type: application/json" \
  -d '{"prompt": "qizil olma, oq fon", "aspect": "square"}'
```

### Rasm yuklab tahrirlash

`images` ga rasm berilsa, yangi rasm shu rasm(lar) asosida yaratiladi: tahrirlash, uslubini o'zgartirish, bir nechta rasmni birlashtirish. Nima qilish kerakligini `prompt` da yozing.

```bash
curl -X POST "https://geminiimage.servergo.uz/api/generate?wait=true" \
  -H "X-API-Key: gem_..." \
  -H "Content-Type: application/json" \
  -d "{\"prompt\": \"fonni dengiz qirg'og'iga almashtir\", \"images\": [\"$(base64 -w0 foto.jpg)\"]}"
```

Python:

```python
import base64, requests

img = base64.b64encode(open("foto.jpg", "rb").read()).decode()
r = requests.post(
    "https://geminiimage.servergo.uz/api/generate",
    params={"wait": "true"},
    headers={"X-API-Key": "gem_..."},
    json={"prompt": "akvarel uslubida qayta chiz", "images": [img]},
    timeout=360,
)
```

### b) Fon rejimi

`wait`siz so'rov darhol `202 Accepted` va ish `id`sini qaytaradi. Keyin holatni har 3–5 soniyada so'rab turasiz, `status` `done` yoki `error` bo'lguncha:

```bash
curl "https://geminiimage.servergo.uz/api/jobs/<id>" \
  -H "X-API-Key: gem_..."
```

---

## 3. Rasm tahlili

Rasmni tasvirlab beradi yoki rasm haqidagi savolga javob beradi: nima tasvirlangan, rasmdagi matnni o'qish, narsalarni sanash, bir nechta rasmni taqqoslash va hokazo.

```http
POST /api/describe
Content-Type: application/json
```

| Maydon   | Turi          | Majburiy | Izoh |
|----------|---------------|----------|------|
| `images` | ro'yxat, 1–4  | ha       | Rasmlar: base64 yoki `data:image/png;base64,...`. PNG, JPEG, WEBP, GIF, har biri 10 MB gacha |
| `prompt` | matn, 0–4000  | yo'q     | Savol yoki ko'rsatma. Bo'sh bo'lsa — rasm batafsil tasvirlab beriladi. Javob savol yozilgan tilda qaytadi |

Javob **darhol** keladi (odatda 15–40 soniya, ko'pi bilan 120) — `wait` va polling kerak emas. Mijozdagi timeout kamida **3 daqiqa** bo'lsin: navbat band bo'lsa, so'rov kutib turadi.

```bash
curl -X POST "https://geminiimage.servergo.uz/api/describe" \
  -H "X-API-Key: gem_..." \
  -H "Content-Type: application/json" \
  -d "{\"prompt\": \"rasmdagi matnni o'qib ber\", \"images\": [\"$(base64 -w0 foto.jpg)\"]}"
```

Javob (`200`):

```json
{
  "text": "Rasmda yog'och stol ustida turgan yirik yashil olma tasvirlangan...",
  "prompt": "Rasmni batafsil tasvirlab ber.",
  "input_images": 1,
  "duration": 10.3,
  "by": "token:telegram-bot"
}
```

| Maydon         | Izoh |
|----------------|------|
| `text`         | Tahlil natijasi (oddiy matn, ro'yxatlar bo'lishi mumkin) |
| `prompt`       | Bajarilgan savol (bo'sh yuborilgan bo'lsa — standart savol) |
| `input_images` | Yuborilgan rasmlar soni |
| `duration`     | Necha soniya ketgani |
| `by`           | So'rovni kim yubordi |

Python:

```python
import base64, requests

img = base64.b64encode(open("foto.jpg", "rb").read()).decode()
r = requests.post(
    "https://geminiimage.servergo.uz/api/describe",
    headers={"X-API-Key": "gem_..."},
    json={"images": [img], "prompt": "Bu rasmda nechta odam bor?"},
    timeout=180,
)
r.raise_for_status()
print(r.json()["text"])
```

Yuborilgan rasmlar serverda saqlanmaydi — javobdan keyin o'chiriladi. Tahlil tarixi `/api/jobs` da ko'rinmaydi.

---

## 4. Javob formati

```json
{
  "id": "846aa6049e6f4e039417243f204afd38",
  "status": "done",
  "prompt": "qizil olma, oq fon",
  "aspect": "square",
  "created_at": 1791384305.49,
  "started_at": 1791384305.49,
  "finished_at": 1791384347.36,
  "image_url": "/images/846aa6049e6f4e039417243f204afd38.png",
  "input_images": 0,
  "error": null,
  "by": "token:telegram-bot"
}
```

| Maydon        | Izoh |
|---------------|------|
| `id`          | Ish identifikatori |
| `status`      | Ish holati — pastdagi jadvalga qarang |
| `created_at`, `started_at`, `finished_at` | Unix vaqt (soniya) |
| `image_url`   | Tayyor rasmning yo'li. Faqat `status` = `done` bo'lganda to'ldiriladi |
| `input_images` | So'rov bilan yuklangan rasmlar soni |
| `error`       | Xato sababi. Faqat `status` = `error` bo'lganda |
| `by`          | So'rovni kim yubordi: `sahifa` yoki `token:<nomi>` |

### Holatlar

| `status`  | Ma'nosi |
|-----------|---------|
| `queued`  | Navbatda kutmoqda |
| `running` | Yaratilmoqda |
| `done`    | Tayyor — rasm `image_url` da |
| `error`   | Xato — sababi `error` da |

### Rasmni olish

To'liq manzil: `https://geminiimage.servergo.uz` + `image_url`.

```
https://geminiimage.servergo.uz/images/846aa6049e6f4e039417243f204afd38.png
```

Rasm havolasi **tokensiz** ochiladi — uni to'g'ridan-to'g'ri `<img>` ga qo'yish yoki ulashish mumkin. ID 32 belgili tasodifiy qiymat, uni taxmin qilib topib bo'lmaydi.

---

## 5. Boshqa endpointlar

| So'rov                    | Token kerakmi | Vazifasi |
|---------------------------|---------------|----------|
| `GET /api/jobs/{id}`      | ha            | Bitta ishning holati |
| `GET /api/jobs?limit=20`  | ha            | Oxirgi ishlar ro'yxati, yangilari birinchi (`limit`: 1–200) |
| `GET /images/{id}.png`    | yo'q          | Tayyor rasm |
| `POST /api/describe`      | ha            | Rasm tahlili — [3-bo'lim](#3-rasm-tahlili) |
| `GET /health`             | yo'q          | Server holati: nechta ish bajarilmoqda va navbatda |
| `GET /docs`               | yo'q          | Shu qo'llanma, veb-sahifa ko'rinishida |
| `GET /api/docs.md`        | yo'q          | Shu qo'llanma, Markdown fayl |

---

## 6. Xato kodlari

| Kod   | Sababi |
|-------|--------|
| `401` | Token yo'q, noto'g'ri yoki o'chirilgan |
| `404` | Ish yoki rasm topilmadi |
| `422` | So'rov noto'g'ri: `prompt` bo'sh yoki 4000 belgidan uzun, `aspect` noma'lum qiymat, `images` da rasm noto'g'ri yoki 4 tadan ko'p |
| `413` | Yuklangan rasm 10 MB dan katta |
| `429` | Navbat to'la — birozdan keyin qayta urining |
| `502` | Faqat `/api/describe`: tahlil bajarilmadi, sababi `detail` da |
| `504` | Faqat `/api/describe`: tahlil 120 soniyada tugamadi |

Xato javobi:

```json
{ "detail": "Token noto'g'ri yoki yo'q" }
```

> **Muhim:** rasm yaratilmay qolsa ham so'rov `200`/`202` qaytaradi — xato `status: "error"` va `error` maydonida bo'ladi. Shuning uchun HTTP kodidan tashqari `status` ni ham tekshiring.

---

## 7. Misollar

### Python

```python
import requests

BASE = "https://geminiimage.servergo.uz"
HEADERS = {"X-API-Key": "gem_..."}

r = requests.post(
    f"{BASE}/api/generate",
    params={"wait": "true"},
    headers=HEADERS,
    json={"prompt": "qizil olma, oq fon", "aspect": "square"},
    timeout=360,
)
r.raise_for_status()
job = r.json()

if job["status"] == "done":
    img = requests.get(BASE + job["image_url"], timeout=60)
    with open("rasm.png", "wb") as f:
        f.write(img.content)
else:
    print("Xato:", job["error"])
```

### JavaScript (Node 18+)

```javascript
const BASE = "https://geminiimage.servergo.uz";
const headers = { "X-API-Key": "gem_...", "Content-Type": "application/json" };

const res = await fetch(`${BASE}/api/generate`, {
  method: "POST",
  headers,
  body: JSON.stringify({ prompt: "qizil olma, oq fon", aspect: "square" }),
});
let job = await res.json();

while (job.status === "queued" || job.status === "running") {
  await new Promise((r) => setTimeout(r, 4000));
  job = await (await fetch(`${BASE}/api/jobs/${job.id}`, { headers })).json();
}

console.log(job.status === "done" ? BASE + job.image_url : job.error);
```

### PHP

```php
<?php
$base = "https://geminiimage.servergo.uz";

$ch = curl_init("$base/api/generate?wait=true");
curl_setopt_array($ch, [
    CURLOPT_POST => true,
    CURLOPT_RETURNTRANSFER => true,
    CURLOPT_TIMEOUT => 360,
    CURLOPT_HTTPHEADER => ["X-API-Key: gem_...", "Content-Type: application/json"],
    CURLOPT_POSTFIELDS => json_encode(["prompt" => "qizil olma, oq fon", "aspect" => "square"]),
]);
$job = json_decode(curl_exec($ch), true);
curl_close($ch);

if ($job["status"] === "done") {
    file_put_contents("rasm.png", file_get_contents($base . $job["image_url"]));
} else {
    echo "Xato: " . $job["error"];
}
```

---

## 8. Eslatmalar

- Har bir rasm va tahlil Google (Gemini) obunasi limitidan sarflanadi.
- Tokenni ochiq joyga qo'ymang: brauzerdagi frontend kodi, GitHub, ommaviy chatlar. Token sizib chiqsa, saytdagi **«API tokenlar»** bo'limidan darhol o'chiring.
- Har bir dastur yoki odamga **alohida token** bering — shunda kerak bo'lmaganini boshqalarga ta'sir qilmasdan o'chirish oson bo'ladi.
- Navbat to'lganda (`429`) darhol qayta yubormang — 10–30 soniya kuting.
